BeShic Hostel
Hostel haqida
BeShic Hosteli Toshkent shahrining qoq markazida (xalq tilida Kamolon yoki Xalqlar do'stligi deb ataladigan hududda) joylashgan bo‘lib, 5-10 daqiqalik piyoda masofada quyidagilar mavjud:
- “Milliy bog‘” va “Magic City” ko‘ngilochar bog‘i (yo‘lning narigi betida); ularning ortida “Next” savdo-ko‘ngilochar markazi hamda Bo‘z-suv bo‘yidagi sayilgohda joylashgan, kechki payt “Raqqos favvora” shousi bilan mashhur “Seoul Moon” restoran va kafelar majmuasi (fudmoll) joylashgan.
- Hostel yiliga 365 kun, haftasiga 7 kun, 24 soat davomida ishlaydigan restoran va kafelardan iborat “gastronomik ko‘cha”da joylashgan. Bu yerda: “CHOY-SOY” milliy taomlari, “Faxr milliy taom”, “Gumma & Xonim”, “Tarnov”, mashhur “Kamolon osh” markazi, “Oqtepa Lavash” va “Drujba Burger” tezkor taomlari, “Axmad” nonvoyxonasi, “Safia” qandolat uyi hamda “Ko’k chuchvara” yarim tayyor mahsulotlar do‘koni mavjud.
- “Milliy bog‘” metro bekati (Chilonzor yo‘nalishi) hosteldan 200 metr masofada joylashgan bo‘lib, bu har qanday tarixiy obidalarga (Chorsu bozori, Hastimom, Islom sivilizatsiyasi markazi va h.k.) qisqa vaqt ichida yetib borish imkonini beradi.
- Tashkent City bog‘i – 2,2 km yoki Xalqlar do‘stligi maydoni orqali 25 daqiqalik piyoda yo‘l. U yerda eng yirik “Tashkent City MALL” savdo markazi joylashgan (metrodan 2 bekat).
- Xalqlar do‘stligi maydoni, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi va Oliy Majlis (Parlament) – 500 m.
- “Kamolon” masjidi – 800 m.
- Korzinka supermarketi (soat 01:00 gacha ishlaydi) – 800 m, dorixonalar va barbershoplar.
- Islom Karimov nomidagi aeroport hosteldan 5 km masofada. Shimoliy vokzal – 4 km yoki metro orqali “Toshkent” bekati.
Hostel erkaklar va ayollar zonalariga bo‘lingan. Erkaklar zonasida 6 ta alohida dush kabinasi, 7 ta bide bilan jihozlangan alohida hojatxona mavjud. Ayollar zonasida 6 ta alohida dush kabinasi, 6 ta bide bilan jihozlangan hojatxona va ko‘zgular hamda fen bilan jihozlangan makiyaj zonasi mavjud. Mehmonlar uchun 2 xil joylashuv taklif etiladi: 4 kishilik xonalar (2 ta ikki qavatli kravat) va 8 kishilik xonalar (4 ta ikki qavatli kravat).
Har bir xonada konditsioner, kiyim javoni mavjud bo‘lib, har bir kravat yonida tungi chiroq, quvvatlash (zaryadka) tokchasi, shaxsiy parda va kitob javoni bor. Xonalar har kuni tozalanadi, choyshablar esa har 3 kunda bir marta almashtiriladi. Har bir mehmonga yuz-qo‘l va hammom sochiqlari to‘plami beriladi, dush uchun shippaklarni esa qabulxonadan (retseptsiya) sotib olish mumkin.
Qulay yashash uchun qo‘shimcha sharoitlar: bepul Wi-Fi, kir yuvish xonasi, dazmollash xonasi, yuk saqlash xonasi, qabulxonadagi seyf, oshxona-kovorking zonasi mavjud. Oshxonada mehmonlar ovqat tayyorlashlari yoki isitishlari uchun mikroto‘lqinli pech, gaz plitasi, muzlatkich, duxovka, Tefal choynaklari va idish-tovoqlar to‘plami taqdim etilgan. Shuningdek, binomizning yerto‘lasida alohida karaoke kabinalari, PlayStation va bilyard xonasidan foydalanish mumkin.
Qabulxonada “Mazzali” brendining muzlatilgan tayyor taomlarini (nonushta, tushlik, kechki ovqat) sotib olib, mikroto‘lqinli pechda isitib tanovul qilish mumkin. Shuningdek, gazaklar, salqin ichimliklar, choy, kofe va muzqaymoqlar mavjud.
Hostel hududida tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.
Xizmatlar
- Bepul kir yuvish xizmati
- Bepul dazmollash
- Oshxona
- Bepul Wi-Fi
- Yukxona xizmati
- Shahar markazida
- Turistik to'lov amal qiladi
- Chekmaydigan xonalar
Xonalar
Hurmatli mehmonlar, iltimos, hostelni qoidalariga e'tibor bering (soat 23:00 dan 7:00 gacha).
Tinch muhitni saqlash har bir kishi uchun yoqimli dam olish uchun zarurdir. Ushbu qoidalarni buzish ma'muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Xizmatlar
Mehmonxonani joylashuvi
Hostel haqida asosiy ma’lumot
Ko'p so'raladigan savollar
-
Kirish va chiqish vaqti qancha?Javob:
Ro'yxatdan o'tish vaqti: 14:00
Chiqish vaqti: 12:00
-
Sizda erta kirish va kech ro'yxatdan o'tishni ilojisi b’ormi?Javob:
Ha, albatta.
- 00:00 dan 05:00 gacha erta ro'yxatdan o'tish uchun urin uchun to'liq narx olinadi.
- 05:00 dan 14:00 gacha erta ro'yxatdan o'tish uchun har bir urin narxining yarimi olinadi.
- 12:00 dan 18:00 gacha kechki chiqish uchun urin narxining yarimi olinadi.
- Soat 18:00 dan 00:00 gacha kechki chiqish uchun urin uchun to'liq narx olinadi.
-
Ro'yxatdan o'tish uchun qanday hujjatlar kerak?Javob:
Rezidentlar ichki pasportga, chet el fuqarolari esa xalqaro pasportga ko'ra joylashtiriladi.
-
Uy hayvonlariga ruxsat beriladimi?Javob:
Yo'q.
-
Xonalar va qabulxonada chekishga ruxsat beriladimi?Javob:
Yo'q
-
Hostelda spirtli ichimliklar ichish mumkinmi?Javob:
Yo'q
-
To'lov usullari qanday?Javob:
To'lovlarning barcha turlari qabul qilinadi: naqd pul, kartalar (Visa, Master card, Uzcard, Humo card), bank o'tkazmalari.
-
Nonushta turar joy narxiga kiritilganmi?Javob:
Nonushta narxga kiritilmagan.
-
Choyshabni almashtirsam bo'ladimi?Javob:
Choyshablar uch kunlik yashash vaqtida yoki mehmonning iltimosiga binoan standartga muvofiq o'zgaradi.
-
Hammom nima bilan jihozlangan?Javob:
Hammom qulay dush, fen va sochiklar bilan jihozlangan.
-
Mulkka zarar etkazganlik uchun jarimalar bormi?Javob:
Ha, taqdim etilgan, siz ularni sahifasida topishingiz mumkin https://beshichotels.com/uz/legal-information/.