Biz haqimizda

Biz haqimizda: Rasm 1
Biz haqimizda: Rasm 2
Biz haqimizda: Rasm 3
Biz haqimizda: Rasm 4
Biz haqimizda: Rasm 5
Biz haqimizda: Rasm 6
Biz haqimizda: Rasm 7
Biz haqimizda: Rasm 8
Biz haqimizda: Rasm 9

BeShic Hostel Toshkent shahrining qoq markazida (bu hudud xalq orasida Kamolon yoki Xalqlar do‘stligi deb ataladi) joylashgan. Hostelning 5-10 daqiqalik piyoda masofasida quyidagilar mavjud:

  1. «Milliy bog‘» va «Magic City» ko‘ngilochar bog‘i (yo‘lning narigi tomonida). Ularning ortida «Next» ko‘ngilochar-savdo markazi hamda Bo‘z-su bo‘yidagi sayilgohda joylashgan, kechki payt «Kuylayotgan favvora» shousi bilan mashhur «Seoul Moon» restoranlar va kafelar majmuasi (fudmoll) joylashgan.
  2. Hostel yiliga 365 kun, 24/7 rejimida ishlaydigan «gastronomik ko‘cha»da joylashgan bo‘lib, bu yerda «CHOY-SOY» milliy taomlari, «Faxr milliy taom», «Gumma & Xonim», «Tarnov», mashhur «Kamolon osh» markazi, «Oqtepa Lavash» va «Drujba Burger» tezkor taomlari, «Axmad» nonvoyxonasi, «Safia» qandolatxonasi hamda «Ko’k chuchvara» do‘koni mavjud.
  3. «Milliy bog‘» metro bekati (Chilonzor yo‘nalishi) hostelga 200 metr masofada joylashgan bo‘lib, bu shaharning istalgan tarixiy joylariga (Chorsu bozori, Hazrati Imom majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va h.k.) tezda yetib borish imkonini beradi.
  4. Tashkent City Park – 2,2 km yoki Xalqlar do‘stligi maydoni orqali 25 daqiqalik piyoda yo‘l. U yerda eng yirik Tashkent City MALL savdo markazi joylashgan (metroda 2 bekat).
  5. Xalqlar do‘stligi maydoni, «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi va Oliy Majlis (Parlament) – 500 m.
  6. «Kamolon» masjidi – 800 m.
  7. Korzinka supermarketi (soat 01:00 gacha ishlaydi) – 800 m, shuningdek, dorixonalar va sartaroshxonalar.
  8. Islom Karimov nomidagi aeroport hostelga 5 km masofada joylashgan. Shimoliy vokzal – 4 km yoki metro orqali «Toshkent» bekati.

Hostel erkaklar va ayollar hududlariga bo‘lingan. Erkaklar hududida 6 ta alohida dush kabinasi va 7 ta bide bilan jihozlangan hojatxona mavjud. Ayollar hududida esa 6 ta dush kabinasi, 6 ta bide bilan jihozlangan hojatxona hamda ko‘zgular va fenlar bilan jihozlangan pardozyoz (makiyaj) zonasi bor. Mehmonlar uchun 2 xil joylashuv turi mavjud: 4 kishilik xonalar (2 ta ikki qavatli krovat) va 8 kishilik xonalar (4 ta ikki qavatli krovat).

Har bir xonada konditsioner, kiyim javoni mavjud. Har bir krovatda shaxsiy tungi chiroq, quvvatlash moslamasi uchun tokcha, shaxsiy hududni to‘suvchi parda va kitob javoni bor. Xonalar har kuni tozalanadi va choyshablar har 3 kunda bir marta almashtiriladi. Har bir mehmonga yuz va hammom sochiqlari to‘plami beriladi, dush uchun shippaklarni esa qabulxonadan (resepshin) sotib olish mumkin.

Qo‘shimcha qulayliklar: bepul Wi-Fi, kir yuvish xonasi, dazmollash xonasi, yuk saqlash xonasi, qabulxonadagi seyf hamda oshxona-kovorking zonasi. Oshxonada mehmonlar ovqat tayyorlashlari yoki isitishlari uchun barcha jihozlar (mikroto‘lqinli pech, gaz plitasi, muzlatgich, duxovka, Tefal choynaklari, idish-tovoqlar) mavjud. Shuningdek, binomizning yerto‘la qismida mehmonlar karaoke, PlayStation va bilyard xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Qabulxonada «Mazzali» tayyor muzlatilgan taomlarni (nonushta, tushlik, kechki ovqat) sotib olish va ularni mikroto‘lqinli pechda isitib tanovul qilish mumkin. Shuningdek, yengil tamaddilar, ichimliklar, choy, kofe va muzqaymoqlar sotiladi.

Hostel hududida chekish va alkogol ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi.